Bir g‘alaba — mahallaga yangi imkoniyat!
2026-09-08 10:10:00 / Yangiliklar
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi stol tennisi A-ligasida Abdumannopova Muhlisaxon Abduhalil qizi 3-o‘rinni egallab, o‘z mahallasiga workout maydonchasi yutib keldi.

U stol tennisida 3-o‘rin oldi. Ammo uning eng katta g‘alabasi — mahallasiga sport maydonchasini olib kelgani bo‘ldi.
Bugun mazkur maydoncha Qum MFYdagi 28-maktab hududida foydalanishga topshirildi. Har payshanba — “Yoshlar kuni” doirasida tashkil etilgan ochilish tadbirida tuman prokurori Ziyovuddin Sulaymonov, tuman IIB boshlig‘i Axmedov Sherzodjon hamda yoshlar ishtirok etdi.
Bir yoshning g‘alabasi — butun mahalla uchun imkoniyat. Endi bu maydonchada yana yuzlab yoshlarning yangi g‘alabalari boshlanadi.



