Yoshlar uchun yana bir bilim maskani tashkil etildi
2026-09-03 10:30:00 / Yangiliklar
Har payshanba kuni o‘tkaziladigan “Yoshlar kuni” doirasida Buvayda tumani hokimi Behzodjon Ibragimov Beshterak mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar uchun tashkil etilgan yangi kutubxonaning ochilishida ishtirok etdi.

Mahallada tashkil etilgan ushbu mo‘jaz kutubxona zamonaviy adabiyotlar hamda elektron kutubxona bilan ta’minlandi.
Yangi maskan mahalla yoshlarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish, bilim va dunyoqarashini kengaytirish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.
Beshterakdagi yangi kutubxona — yoshlarni kitobga, bilimga va izlanishga chorlaydigan yana bir muhim maskan.




