Birinchi qo‘ng‘iroq — yangi orzular sari ilk qadam
2026-09-02 09:30:00 / Yangiliklar
Bugun Buvayda tumanidagi 36-maktabda yangi o‘quv yilining ilk qo‘ng‘irog‘i yangradi. “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda tuman hokimi Behzodjon Ibragimov ishtirok etdi.

Buvimozor mahallasidagi ushbu ta’lim maskani joriy yilda qariyb 4,5 milliard so‘m mablag‘ evaziga mukammal ta’mirdan chiqarilib, zamonaviy va qulay sharoitlarda foydalanishga topshirildi.
Bugun bu maktabda yangragan ilk qo‘ng‘iroq — nafaqat yangi o‘quv yilining, balki bolalarimizning katta orzulari sari qo‘yilgan ilk qadamdir.
Joriy o‘quv yilida Buvayda tumanidagi 61 ta ta’lim muassasasida 5 301 nafar bola ilk bor maktab ostonasidan hatladi.









