Yosh tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-08-06 10:30:00 / Yangiliklar
Har payshanba – Yoshlar kuni munosabati bilan Buvayda tumani hokimi Behzodjon Ibragimov hamda tuman rahbariyati Elobod mahallasidagi 1-son texnikumda “Rahbar va yosh tadbirkorlar” uchrashuvida ishtirok etdi.

Ochiq muloqot davomida yosh tadbirkorlarning faoliyatini rivojlantirish, ularni qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammo va takliflarini o‘rganish hamda yangi loyihalarni hayotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida yoshlar tomonidan bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, istiqbolli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha zarur vazifalar belgilandi.








