Buvayda tumani hokimining navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi
2026-08-11 11:30:00 / Yangiliklar
Buvayda tumani hokimi Behzodjon Ibragimovning navbatdagi shaxsiy qabulida fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

Qabul davomida jami 37 ta murojaat kelib tushdi. Shundan 3 tasi joyida ijobiy hal etildi, 11 ta murojaat bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab etadigan 23 ta murojaat nazoratga olindi.
Har bir murojaat bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ularning ijrosi belgilangan tartibda nazorat qilinadi.
Fuqarolar murojaati — muammolarni aniqlash va amaliy yechimlarni ta’minlashning muhim vositasi.
