Fuqarolar murojaatlari shaxsiy qabullarda ko‘rib chiqilmoqda
2026-08-07 14:30:00 / Yangiliklar
Buvayda tumani hokimi o‘rinbosarlarining tasdiqlangan reja-grafigiga muvofiq, avgust oyining dastlabki haftasida navbatdagi shaxsiy qabullar tashkil etildi.

Qabullar davomida fuqarolar tomonidan bandlik, tadbirkorlik, uy-joy, kommunal xizmatlar, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi.
Har bir murojaat yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, joyida hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar tezkor tartibda ko‘rib chiqildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar esa ijroga olinib, ularning qonuniy yechimini ta’minlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.



