Yoshlar kuni doirasida innovatsion tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi
2026-07-30 09:25:00 / Yangiliklar
Har payshanba – Yoshlar kuni munosabati bilan Buvayda tumani hokimi Behzodjon Ibragimov hamda tuman rahbariyati Qo‘ng‘irot mahallasida faoliyat yuritayotgan tadbirkor Rahimberdiyev Ziyodbekning ishlab chiqarish faoliyati bilan tanishdi.

Tadbirkor tomonidan zamonaviy texnologiyalar asosida yog‘och mahsulotlariga turli naqsh va bezaklar ishlash, buyurtmalarni qisqa muddatda sifatli tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan. O‘rganish davomida ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish, mahsulot turlarini ko‘paytirish hamda yangi bozorlarni o‘zlashtirish yuzasidan taklif va tashabbuslar muhokama qilindi.








