Yashil energiya sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi
2026-08-03 13:30:00 / Yangiliklar
Buvayda tumani hokimi Behzodjon Ibragimov Xitoyning Xinjiang Xinfianjie Technology Co., Ltd. kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tumanda quyosh elektr stansiyalari, zamonaviy quyosh panellari, yashil energiya texnologiyalarini joriy etish hamda elektr energiyasi ishlab chiqarishga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish, ilg‘or texnologiyalarni hududga jalb etish va istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdilar.
Mazkur uchrashuv Buvayda tumanida yashil iqtisodiyot tamoyillarini keng joriy etish hamda investitsiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.



