Chempionlar munosib taqdirlandi
2026-07-24 14:30:00 / Yangiliklar
Andijon viloyatida o‘tkazilgan "Usmonov Combat" MMA bo‘yicha jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yuksak natijalarga erishgan "AXILES TEAM" sport klubi (Yashnarobod MFY) sportchilari munosib taqdirlandi.

Buvayda tumani IIB boshlig‘i Sherzodjon Axmedov hamda tuman hokimi o‘rinbosari G‘ayratjon Mamajonov chempionlarni samimiy tabriklab, ularning murabbiyi Abduvaxobov Usmonjonning mehnatini alohida e’tirof etdi.
Tadbir davomida Ganisherov Hojiakbar, Muhammedov Hojiakbar, Nuriddinov Elshod, Halimov Hasanboy hamda O'ktamjonov Muhammadrizoga esdalik sovg‘alari topshirilib, kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilandi.
Sportchilarimizning xalqaro maydondagi yutuqlari Buvayda yoshlarining salohiyati va yurtimizda sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy samarasidir.




