Asfaltlash ishlari tuman hokimi nazoratida
2026-07-22 16:50:00 / Yangiliklar
Buvayda tumanida yo‘l-transport infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda.

Buvayda tumani hokimi Behzodjon Ibragimov tomonidan olib borilayotgan manzilli nazorat doirasida tuman markazidagi Yangiqo‘rg‘on–Bachqir yo‘nalishida yo‘l ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi.
Ayni paytda mazkur yo‘nalishda asfalt yotqizish ishlari boshlangan bo‘lib, qurilish jarayonining sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlanishi tuman hokimi nazoratida olib borilmoqda.

