Murojaatlar yechimi – doimiy e’tiborda
2026-07-21 10:30:00 / Yangiliklar
Buvayda tumani hokimi Behzodjon Ibragimovning navbatdagi ommaviy qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan elektr ta’minoti, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, infratuzilma, bandlik hamda ijtimoiy masalalarga oid murojaatlar ko‘rib chiqildi. Ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish va ularni qiynayotgan muammolarga yechim topish bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.



