Elektr ta’minoti barqarorligi nazoratda
2026-07-20 11:55:00 / Yangiliklar
Buvayda tumani hokimi Behzodjon Ibragimov elektr ta’minoti obyektlarida olib borilayotgan ishlarni joyiga chiqqan holda o‘rganib, mutasaddilar bilan mavjud holatni muhokama qildi.

Elektr ta’minoti barqarorligi nazoratda
Havo haroratining keskin ko‘tarilishi elektr tarmoqlariga tushayotgan yuklamani oshirmoqda. Shu munosabat bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish hamda iste’molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida joylarda zarur choralar ko‘rilmoqda.
Mas’ullarga profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, avariya holatlarining oldini olish va aholini sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.





