Yosh tadbirkor tashabbusiga amaliy ko‘mak berildi
2026-07-16 10:30:00 / Yangiliklar
“Har payshanba — Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida Buvayda tumani hokimi Behzodjon Ibragimov hamda tuman rahbariyati Buvayda mahallasida faoliyat yuritayotgan yosh tadbirkor Alisherov Alisher Akram o‘g‘li bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tadbirkor tomonidan ishga tushirilayotgan yangi loyiha va uni kengaytirish rejalari bilan tanishildi. Muloqot jarayonida ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish uchun so‘ralgan imtiyozli kredit olish masalasi ijobiy hal etildi.
Mazkur ko‘mak yosh tadbirkorning faoliyatini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda mahallada tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.




