Chempion bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2026-07-09 10:30:00 / Yangiliklar
“Har payshanba — Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida Buvayda tumani hokimi Behzodjon Ibragimov hamda tuman rahbariyati Osiyo chempioni, yunon-rum kurashi bo‘yicha U-20 yosh toifasida Tailandda o‘tkazilgan Osiyo chempionatining oltin medali sohibi O‘g‘abek Muqimov xonadonida bo‘ldi.

Samimiy muloqot davomida yosh sportchining erishgan yutuqlari e’tirof etilib, uning kelgusidagi musobaqalarda ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilishi tilab o‘tildi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning qat’iyati va g‘alabaga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.



