Xitoylik investorlar bilan istiqbolli loyiha muhokama qilindi
2026-07-01 14:30:00 / Yangiliklar
Buvayda tumani hokimi Behzodjon Ibragimov Xitoyning Kashi Hefu Ecological Agriculture Technology Co., Ltd. kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida qiymati 40 million AQSH dollariga teng bo‘lgan zamonaviy mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish loyihasi yuzasidan fikr almashildi. Loyiha doirasida avtomatlashtirilgan texnologik liniyalar, zamonaviy laboratoriyalar va xalqaro standartlar asosida faoliyat yurituvchi ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish rejalashtirilgan.
Uchrashuvda investitsiya hamkorligini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.


