Medallar o‘z egalariga topshirildi
2026-07-02 10:05:00 / Yangiliklar
Har payshanba — Yoshlar kuni doirasida Buvayda tumanida maktab bitiruvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Joriy yilda tumandagi umumta’lim maktablarida 3 612 nafar bitiruvchidan 51 nafari “oltin medal”, 14 nafari esa “kumush medal” sohibiga aylandi. Tadbirda Buvayda tumani hokimi Behzodjon Ibragimov hamda tuman rahbariyati yoshlarning erishgan yutuqlarini e’tirof etib, ularni samimiy tabrikladi.
Shuningdek, o‘quv yili davomida a’lo baholarga o‘qib, namunali xulqi va bilimga intilishi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lgan o‘quvchilarga medal va sertifikatlar tantanali ravishda o‘z egalariga topshirildi.
Tadbir yoshlarni ilm-fan cho‘qqilarini zabt etishga ruhlantirgan holda ko‘tarinki kayfiyatda yakunlandi.








