Milliy qadriyatlar tarannum etilgan festival
2026-07-03 10:30:00 / Yangiliklar

Tadbirda Buvayda tumani hokimi o‘rinbosari K. Mirsaidova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Buvayda tumani bo‘linmasi rahbari, tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari, mahalla faollari, xotin-qizlar hamda yoshlar ishtirok etdi.
Festival davomida atlas va adrasdan tikilgan milliy liboslar namoyish qilinib, xalqimizning boy madaniy merosi, milliy urf-odatlari va azaliy qadriyatlari tarannum etildi. Ishtirokchilar tomonidan milliy liboslarning nafosati, ayolning jamiyat va oila hayotidagi o‘rni hamda ma’naviy qadriyatlarni asrab-avaylash masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan tadbir milliy liboslarimizni ommalashtirish, xotin-qizlar faolligini oshirish hamda yosh avlod qalbida milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.








