BUVAYDALIK FUTBOL MUXLISLARI TERMA JAMOAMIZNI QO‘LLAB-QUVVATLADI
2026-06-18 06:45:00 / Yangiliklar
Buvayda tumanida futbol ixlosmandlari O‘zbekiston milliy terma jamoasining FIFA Jahon chempionatidagi uchrashuvini katta qiziqish va hayajon bilan kuzatdilar.

Tuman rahbariyati, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari birgalikda terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlab, futbolchilarimizga ishonch va dalda bildirdilar.
Jahon chempionatidagi ilk uchrashuv mamlakatimiz futboli tarixida muhim voqea bo‘lib, unda terma jamoamiz tarixiy ilk golini urishga muvaffaq bo‘ldi.
Oldinda yana mas’uliyatli uchrashuvlar kutmoqda. Buvaydalik muxlislar esa milliy terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlashda davom etadilar.
Buvayda sen bilan, O‘zbekiston!






