BUVAYDADA HISOBOT KONSERTI KO‘TARINKI KAYFIYATDA O‘TDI
2026-06-17 19:30:00 / Yangiliklar
Buvayda tumani Mega Park istirohat bog‘ida, favvoralar atrofidagi salqin va fayzli kechada san’at ixlosmandlari uchun unutilmas madaniy dastur tashkil etildi. Buvayda tumani Madaniyat markazining hisobot konserti yuzlab tomoshabinlarni bir maydonga jamladi.

Konsert davomida Rasulqori Mamadaliyev nomidagi Maqomchilar xalq ansambli, “Tabassum” ashula va raqs xalq ansambli hamda Zarb doirachilar ansambli ijrosida milliy kuy-qo‘shiqlar, maqom namunalari va jozibador raqslar namoyish etildi.
Favvoralar jilosi va kechki salqinlik uyg‘unligida o‘tgan tadbir tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, milliy san’atimizning betakror jozibasini yana bir bor namoyon etdi.









