BACHQIR MAHALLASIDA “YOSHLAR OQSHOMI” BO‘LIB O‘TDI
2026-06-16 20:10:00 / Yangiliklar
Yoshlar oyligi doirasida Buvayda tumani Bachqir mahallasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida “Yoshlar oqshomi” konsert dasturi tashkil etildi.

Tadbirni Buvayda tumani hokimining o‘rinbosari G‘ayratjon Mamajonov ochib berib, yoshlarni bayram bilan qutladi hamda mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi.
Konsert dasturida taniqli san’atkorlar Akmal Qodirov va Sherali Isaqov ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Musiqiy chiqishlar, samimiy muhit va yoshlarning faol ishtiroki tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
Mahalla ahli va yoshlarni birlashtirgan mazkur madaniy tadbir ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar ulashib, yoshlar oyligi doirasidagi eng ko‘tarinki uchrashuvlardan biriga aylandi.








