“AYOLLAR DAFTARI” BO‘YICHA AMALIY SEMINAR O‘TKAZILDI
2026-06-15 15:30:00 / Yangiliklar
Buvayda tumanida xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash tizimi samaradorligini oshirish maqsadida “Ayollar daftari”ning 7-bosqichi doirasida amaliy seminar tashkil etildi.

Unda viloyat kasaba uyushmasidan biriktirilgan vakil M. Xatamov, tuman hokimi o‘rinbosari K. Mirsaidova, shtab a’zolari, mahalla raislari hamda xotin-qizlar faollari ishtirok etdi.
Seminar davomida “Ayollar daftari” orqali ehtiyojmand xotin-qizlarni manzilli qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish va daromad manbalarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, Bachqir mahallasi misolida tizimni yuritish amaliyoti, murojaatlarni o‘rganish, yordam turlarini belgilash hamda xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish mexanizmlari yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.
Tadbirda “Ayollar daftari”ning asosiy maqsadi xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatish va hayot sifatini yaxshilashdan iborat ekani alohida ta’kidlandi.








