“ILMLI AYOL – KUCHLI JAMIYAT” FORUMI O‘TKAZILDI
2026-06-13 10:05:00 / Yangiliklar

Forumda tuman hokimi o‘rinbosari K. Mirsaidova, ta’lim muassasalari mas’ullari, mahallalardagi xotin-qizlar faollari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.
Tadbir davomida xotin-qizlarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, huquqiy savodxonligini oshirish va jamiyat hayotidagi ishtirokini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, bugungi kunda ayollar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash choralari, kasb-hunar va zamonaviy bilimlarni egallashning ahamiyati yuzasidan fikr almashildi. Yosh qizlarni ilm-fan va innovatsion yo‘nalishlarga keng jalb etish, ularning mustaqil hayotga tayyorgarligini kuchaytirish borasidagi takliflar ilgari surildi.
Forum yakunida xotin-qizlarning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ta’limga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.






