YOSHLAR TAKLIFLARI VA TASHABBUSLARI E’TIBOR MARKAZIDA
2026-06-12 10:35:00 / Yangiliklar

Dastlab, Oqqoʻrgʻon mahallasida tashkil etilgan IT markazda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda yoshlar tomonidan ishlab chiqilayotgan startap loyihalar taqdimoti bilan tanishildi. Innovatsion g‘oyalar, axborot texnologiyalari yo‘nalishidagi tashabbuslar hamda yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasidagi rejalari muhokama qilindi.
Shundan so‘ng tuman prokurori o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashib, ularning murojaatlari, muammo va takliflarini tingladi. Yoshlarni qiynayotgan masalalar joyida o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
Ta’kidlanganidek, yoshlarning bilim olishi, kasb-hunar egallashi, zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirishi hamda o‘z biznes loyihalarini amalga oshirishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.
Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda muammolarini manzilli hal etishga xizmat qildi.





