FUTBOL MAYDONIDAGI ORZULAR VA YOSHLARGA E’TIBOR
2026-06-11 11:00:00 / Yangiliklar

Sport maktabida bo‘lib o‘tgan samimiy muloqotda yosh futbolchilarning mashg‘ulotlari, erishayotgan natijalari va kelgusidagi maqsadlari haqida so‘z yuritildi. Tuman rahbarlari tomonidan yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun yaratilayotgan sharoitlar, ularning iste’dodini ro‘yobga chiqarish va sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv davomida murabbiy I. Abdullayev tomonidan jamoaning faoliyati, erishilgan yutuqlar hamda kelgusidagi rejalar haqida ma’lumot berildi. Yosh sportchilar bilan ochiq muloqot qilinib, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi.
Ta’kidlanganidek, sport maydonlarida chiniqayotgan yoshlar nafaqat kelajak sportchilari, balki Vatan ravnaqi uchun mas’uliyatni his etadigan barkamol avlod vakillaridir.



