BUYUK IPAK YO‘LI MAHALLASIDA YANGI KUTUBXONA TASHKIL ETILDI
2026-06-05 14:30:00 / Yangiliklar
Buyuk Ipak Yo‘li mahallasida yoshlar uchun yana bir muhim ma’naviy maskan — mahalla kutubxonasi tashkil etildi.

Yoshlar oyligi doirasida amalga oshirilgan ushbu loyiha kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, yoshlarni mutolaaga jalb etish hamda mahallalarda ma’rifiy muhitni yanada mustahkamlashga qaratilgan.
Tadbirda tuman hokimining o‘rinbosari G‘ayratjon Mamajonov hamda soha mutasaddilari ishtirok etib, kutubxona fondini boyitish maqsadida yangi adabiyotlarni tuhfa qildilar.
Ta’kidlanganidek, kitob inson tafakkurini yuksaltiruvchi, ma’naviy kamolot va taraqqiyot sari yetaklovchi eng muhim manbalardan biridir. Mahallalarda kutubxonalar sonining ortib borayotgani esa yoshlarning bilim olish, dunyoqarashini kengaytirish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish imkoniyatlarini yanada kengaytirmoqda.









