Buvayda tumanida “Yaldo kechasi” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi
2026-04-22 10:50:00 / Yangiliklar
Buvayda tumanida kitobxonlikni keng targ‘ib etish, yoshlar qalbida mutolaa madaniyatini shakllantirish maqsadida “Yaldo kechasi” asari taqdimotiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirni Buvayda tumani hokimi o‘rinbosari Gʻayratjon Mamajonov ochib berib, bugungi kunda yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirish, ularni ma’naviy yetuk etib tarbiyalashda bunday uchrashuvlarning ahamiyati katta ekanini ta’kidladi.
Tadbir davomida ishtirokchilar uchun jonli muloqot tashkil etilib, asar mazmuni, uning yaratilish jarayoni va undagi g‘oyalar yuzasidan fikr almashildi.
Samimiy ruhda o‘tgan davra suhbati kitobsevarlarda katta taassurot qoldirdi. Tadbir yakunida yoshlar o‘zlari uchun yangi ilhom va motivatsiya oldilar.
📖 Mazkur uchrashuv hududda kitobxonlik muhitini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.









