Buvayda tumanida yoshlar ishtirokida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda
2026-03-13 09:25:00 / Yangiliklar
Bugun erta tongdan Yoshlar ishlari agentligi Buvayda tuman bo‘limi tashabbusi bilan mahallalarda yoshlar hasharlari tashkil etildi.

Xususan, Bumozor MFY hududida joylashgan “Bibi Ubayda” ziyoratgohida mahalla yoshlar yetakchilari va faol yoshlar ishtirokida obodonlashtirish hamda hududni tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur hasharlari mahallalar ozodaligini ta’minlash, muqaddas qadamjolarni obod saqlash hamda yoshlar o‘rtasida jamoatchilik mas’uliyatini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.









