Buvayda tumanida sportchilar bilan uchrashuv va yangi sport inshootlarini tanishtirish tadbiri o‘tkazildi
2026-03-12 10:30:00 / Yangiliklar
Buvayda tumanida sportni rivojlantirish va yoshlarni sog‘lom turmush tarziga rag‘batlantirish maqsadida sport maktabida sportchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbir davomida Erkin va Yunon-rum kurashiga ixtisoslashgan yangi sport zalining qurilish ishlari bilan tanishildi.

Uchrashuvda Buvayda tumani hokimi Behzodjon Ibragimov, tuman prokurori Ziyovuddin Sulaymonov hamda tuman IIB boshlig‘i Axmedov Sherzodjon ishtirok etib, yosh sportchilar bilan samimiy muloqot qildilar.
Mutasaddilar sportchilarni rag‘batlantirish, ularning mashg‘ulotlarini sifatli tashkil etish, shuningdek, yangi sport zalining imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar. Uchrashuv yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish hamda iqtidorli yoshlarni rivojlantirishga xizmat qildi.








