Buvayda tumanida favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik bo‘yicha saf ko‘rigi o‘tkazildi
2026-02-13 10:10:00 / Yangiliklar
Buvayda tumanida favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor harakat qilishga tayyorgarlikni kuchaytirish maqsadida hamkor tashkilotlar ishtirokida saf ko‘rigi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari – shtab boshlig‘i, podpolkovnik A. Oripov hamda Buvayda tumani IIB boshlig‘i Sh. Axmedov rahbarligida tashkil etildi.

Saf ko‘rigida Favqulodda vaziyatlar bo‘limining yong‘in-qutqaruv qismi, tibbiy xizmatlar, IIB qo‘riqlash xizmati, elektr ta’minoti korxonasi, gaz ta’minoti va suv oqova bo‘limlari, sanitariya-epidemiologiya xizmati hamda veterinariya sohalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida favqulodda holatlarda o‘zaro hamkorlik, kuch va vositalarning shayligi hamda muqobil harakat rejalarining amaliy ijrosi ko‘zdan kechirildi.







