Ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
2026-02-12 10:30:00 / Yangiliklar
Buvayda tuman ixtisoslashtirilgan maktabida filologiya fanlari doktori, professor, Qo‘qon universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Qobilova Zeboxon ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ustoz tomonidan buyuk mutafakkir Alisher Navoiy ijodi, uning o‘zbek adabiyoti va milliy ma’naviyatimiz taraqqiyotidagi o‘rni xususida mazmunli ma’ruza qilindi. Nutq davomida bildirilgan chuqur tahlillar va ibratli fikrlar yoshlar, nuroniylar hamda adabiyot ixlosmandlarida katta qiziqish uyg‘otdi.
Uchrashuvda Buvayda tumani hokimi o‘rinbosari G‘. Mamajonov ishtirok etdi. Shuningdek, tadbirda yoshlar, mahalla faollari va adabiyotga oshno jamoatchilik vakillari qatnashdi.
Qobilova Zeboxon bugungi kunda nafaqat yetuk olima va pedagog, balki “Qo‘qon shamoli” tarixiy-badiiy filmining ssenariy muallifi, shuningdek, 200 dan ortiq ilmiy va publitsistik maqolalar muallifi sifatida ham keng jamoatchilikka tanilgan.









