Buvayda tumanida Shinjon texnologiyalari bo‘yicha amaliy seminar
2026-02-11 11:35:00 / Yangiliklar
Buvayda tumanida paxtachilikda Shinjon texnologiyalarini joriy etish ishlari izchil davom etmoqda. Shu maqsadda hududlarda amaliy, ko‘rgazmali o‘quv seminarlar tashkil etilmoqda.

Qo‘rg‘onobod MMTP hududida o‘tkazilgan navbatdagi seminarda tuman hokimi Behzodjon Ibragimov ishtirok etdi. Tadbir davomida fermer xo‘jaliklari rahbarlariga Shinjon texnologiyalarining amaliy jihatlari mutaxassislar tomonidan atroflicha tushuntirildi.
Mazkur seminar paxta yetishtirishda hosildorlik va samaradorlikni oshirishga qaratilgan.



