Buvayda tumanida yangi sport majmuasi foydalanishga topshirildi
2026-01-31 11:25:00 / Yangiliklar

Mazkur sport majmuasida 5 ta sport yo‘nalishi bo‘yicha muntazam mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yildi. Bu esa mahalla yoshlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi.
Ochilish marosimida Buvayda tumani hokimi Behzodjon Ibragimov, tuman rahbariyati, mahalla faollari, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida hududlarda sport infratuzilmasini rivojlantirish, ayniqsa yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mahalla yoshlar yetakchisi Abubakr Ahrorjonovning ta’kidlashicha, ushbu majmua yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, ularning iste’dodini ro‘yobga chiqarish hamda sog‘lom va faol avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.







