Buvayda tumani hokimi Nayman MFYda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi
2026-01-28 14:00:00 / Yangiliklar

Tashrif davomida mahalladagi obodonlashtirish ishlari, aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan tashabbuslar va tomorqachilik yo‘nalishidagi ko‘chatchilik issiqxonasi faoliyati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, hokim hududdagi umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, sport zali sharoitlari bilan ham tanishdi.
Tuman hokimi mahalla drayveri hamda profilaktika inspektori bilan alohida suhbatlashib, hududdagi ijtimoiy muhit, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlar yuzasidan ma’lumotlar oldi.
Tashrif yakunida mas’ullarga hududni yanada obod qilish, aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish, yoshlar bandligini ta’minlash hamda mahallada osoyishtalikni mustahkamlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.






