Buvayda tumanida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-01-24 11:10:00 / Yangiliklar

Uchrashuv davomida yoshlar bandligini ta’minlash, tarbiyasi og‘ir yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va kelgusidagi ustuvor vazifalar atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, probatsiya nazoratidagi yoshlarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish va qayta huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Muloqot ochiq va samimiy ruhda o‘tib, yoshlar o‘zlarini qiynayotgan masalalar, bandlik, ta’lim, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda tadbirkorlikni boshlash bo‘yicha taklif va tashabbuslarini bildirdilar. Mutasaddilar tomonidan har bir murojaat yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilib, amaliy ko‘mak ko‘rsatish choralari belgilab olindi.
Tadbir yoshlar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish, ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etish hamda jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga xizmat qildi.









