Buvayda tumanida Oila va xotin-qizlar bo‘limining 2025-yil yakunlari bo‘yicha hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2026-01-06 10:25:00 / Yangiliklar

Yig‘ilishda hamkor tashkilotlar vakillari, mahalla xotin-qizlar faollari hamda “Oqila ayollar” harakati yetakchilari ishtirok etdilar. Unda yil davomida oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash, oilaviy ajrimlarning oldini olish, xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish, ayollar bandligini ta’minlash va ularning daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
Hisobot yig‘ilishida mazkur yo‘nalishlarda faol va samarali faoliyat olib borgan 17 nafar xodimga Buvayda tumani hokimligining tashakkurnomalari topshirildi. Ularning mahallalarda olib borgan manzilli ishlari va tashabbuskorligi alohida e’tirof etildi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida 2026-yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar belgilab olinib, xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ayollar bandligi va tadbirkorligini rivojlantirish hamda oilalarda barqarorlikni mustahkamlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.


