Buvayda tumani delegatsiyasi O‘zbekiston–Iroq sanoat ko‘rgazmasida ishtirok etdi
2026-01-14 14:50:00 / Yangiliklar
Toshkent shahrida O‘zbekiston–Iroq biznes delegatsiyalari ishtirokida tashkil etilgan sanoat yo‘nalishidagi ko‘rgazmalarda Farg‘ona viloyati delegatsiyasi tarkibida Buvayda tumani delegatsiyasi ham faol qatnashdi.

Ko‘rgazma doirasida Buvayda tumanida faoliyat yuritayotgan “Moviy omad fayz” MChJning qurilish materiallari, shuningdek, tumandagi qurilish materiallari va elektrotexnika yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan korxonalar mahsulotlari namoyish etildi. Shuningdek, Farg‘ona viloyatining boshqa eksportbop mahsulotlari ham taqdim etildi.
Buvayda tumani hokimi o‘rinbosari Umrzoqov Xo‘jaAhmadning ma’lum qilishicha, Buvayda tumani delegatsiyasi joriy yilning 1–7 fevral kunlari Iroq Respublikasiga tashrif buyurib, hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishni rejalashtirmoqda.



