Buvayda tumani uchun faxrli natija!
2025-12-10 10:50:00 / Yangiliklar
Farg‘ona viloyat bosqichida o‘tkazilgan “Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” ko‘rik-tanlovida
Buvayda tumani Bachqir MFY yoshlar yetakchisi Abubakr Ahrorjonov katta yutuqqa erishdi.

U “Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etgan eng namunali yoshlar yetakchisi” yo‘nalishida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.
Bu natija — yoshlar bilan ishlashda namunali tajriba, tashabbuskorlik va izlanuvchanlikning amaliy ifodasidir.
