BULUNĞUR TUMANI FVB TUMAN AHOLISINI IS GAZIDAN ZAHARLANIŞNING OLDINI OLIŞ BÖYIÇA OGOHLANTIRADI!
2026-10-30 11:35:00 / Yangiliklar
BULUNĞUR TUMANI FVB TUMAN AHOLISINI IS GAZIDAN ZAHARLANIŞNING OLDINI OLIŞ BÖYIÇA OGOHLANTIRADI!

BULUNĞUR TUMANI FVB TUMAN AHOLISINI IS GAZIDAN ZAHARLANIŞNING OLDINI OLIŞ BÖYIÇA OGOHLANTIRADI!
Hurmatli fuqarolar!
Kuz-qiş mavsumi kirib kelişi bilan aholi xonadonlari, ijtimoiy soha obyektlari va boşqa binolarda isitiş moslamalaridan foydalaniş sezilarli darajada ortadi. Afsuski, ayrim fuqarolar tomonidan gaz va isitiş uskunalaridan foydalaniş qoidalariga rioya qilmaslik, möri va ventilyatsiya tizimlarining nosozligi hamda xavfsizlik talablariga beparvolik bilan qaraş natijasida is gazidan zaharlaniş, gaz-havo aralaşmasining çaqnaşi va yonğin kabi noxuş hodisalar yuzaga kelişi mumkin.
Avvalo, is gazi nima va uning xavfi nimada?
Is gazi – uglerod oksidi (CO) bölib, rangsiz, hidsiz va ta’msiz, inson hayoti uçun öta xavfli zaharli gaz hisoblanadi. U tabiiy gaz, kömir, ötin va boşqa yoqilğilar kislorod yetişmagan şaroitda töliq yonmaganida hosil böladi.
Is gazining eng xavfli jihati şundaki, inson uni hidlaş yoki köriş orqali aniqlay olmaydi. Nafas orqali organizmga kirgan is gazi qondagi gemoglobin bilan birikib, töqimalarga kislorod yetkazilişini buzadi. Natijada inson organizmida kislorod tanqisligi yuzaga kelib, oğir holatlarda hayot uçun xavf tuğdiradi.
Is gazidan zaharlanişning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:
• boş oğriği va boş aylanişi;
• köngil aynişi va qusiş;
• umumiy holsizlik va tez çarçaş;
• nafas olişning qiyinlaşişi;
• yurak urişining tezlaşişi;
• huşning buzilişi va huşdan ketiş.
Ayniqsa, bir xonadonda bir neçta kişida bir vaqtning özida boş oğriği, köngil aynişi va holsizlik kuzatilsa, is gazidan zaharlaniş ehtimolini inobatga oliş lozim.
Is gazidan zaharlaniş holati yuzaga kelganda nima qiliş kerak?
Bunday vaziyatda har bir soniya muhim. Eng avvalo, özingizni xavf ostiga qöymasdan, jabrlanganlarni imkon qadar tez toza havoga olib çiqiş, xavfsiz hududga evakuatsiya qiliş va zudlik bilan tez tibbiy yordamning 103 yoki yagona favqulodda xizmatning 112 raqamiga qönğiroq qiliş zarur.
Agar xavfsiz joydan turib amalga oşiriş imkoni bölsa, xonani şamollatiş uçun eşik va derazalarni oçiş lozim. Bunda elektr çiroqlarini yoqiş yoki öçiriş, elektr jihozlarini işlatiş va uçqun çiqarişi mumkin bölgan harakatlardan saqlaniş kerak.
Jabrlanuvçining nafas olişi va huşini tekşiriş, tibbiy yordam yetib kelguniga qadar uning holatini kuzatiş zarur. Nafas olişi normal bölmasa, tez yordam operatori körsatmasiga muvofiq yurak-öpka reanimatsiyasini boşlaş lozim. Jabrlanuvçining ahvoli yaxşilangandek körinsa ham, albatta şifokor körigidan ötkaziş talab etiladi.
Hurmatli fuqarolar, is gazidan zaharlanişning oldini oliş öz qölingizda!
Buning uçun quyidagi xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etişingizni söraymiz:
1. Gaz plitalaridan xona isitiş maqsadida foydalanmang.
2. Gaz isitiş uskunalari, suv isitkiçlar va boşqa qurilmalarni mavsum boşlanişidan oldin malakali mutaxassislarga tekşirtiring.
3. Isitiş peçlari va gaz uskunalarining möri hamda dudburonlarini muntazam tozalatib, ularning sozligini ta’minlang.
4. Xonadonlarda ventilyatsiya kanallarining oçiq va soz holatda bölişiga e’tibor qarating.
5. Gaz uskunalarini nazoratsiz qoldirmang va ularni yoqilgan holatda qarovsiz taşlab ketmang.
6. Gaz uskunalarini özboşimçalik bilan ta’mirlamang, qayta jihozlamang va ularning tuzilişiga özgartiriş kiritmang.
7. Is gazini aniqlovçi maxsus CO detektorlarini örnating va ularning doimiy işga yaroqli holatda bölişini ta’minlang.
8. Yopiq xonalarda kömir, ötin, mangal va boşqa yoqilği vositalaridan foydalanmang.
9. Avtotransport vositalari dvigatellarini yopiq garaj va boşqa şamollatilmaydigan joylarda işlatmang.
10. Bolalar va yoşi katta insonlarning gaz hamda isitiş uskunalaridan xavfsiz foydalanişiga alohida e’tibor qarating.
Şuningdek, tabiiy gaz sizib çiqişi bilan boğliq xavflarni ham unutmaslik lozim. Agar xonada gaz hidi sezilsa, gaz kranini xavfsiz bölsa yoping, elektr jihozlarini yoqmang yoki öçirmang, oçiq olovdan foydalanmang, binoni tark eting va taşqaridan gaz avariya xizmatiga xabar bering.
Kuz-qiş mavsumi boşlanişidan oldin har bir xonadonda quyidagi işlarni amalga oşiriş muhim:
• isitiş moslamalarining texnik holatini tekşirtiriş;
• möri va dudburonlarni tozalaş;
• ventilyatsiya tizimlarining işlaşini ta’minlaş;
• gaz quvurlari va ulaniş joylarini mutaxassislarga tekşirtiriş;
• is gazini aniqlovçi detektorlarni örnatiş;
• barça oila a’zolariga xavfsizlik qoidalarini tuşuntiriş.
Hurmatli yurtdoşlar!
Yonğin, is gazi va gaz-havo aralaşmasining çaqnaşi bilan boğliq favqulodda vaziyatlarning oldini oliş har birimizning kundalik mas’uliyatimizdir. Xavfsizlik qoidalariga beparvo bölmang, nosoz isitiş uskunalaridan foydalanmang va yaqinlaringiz hayotiga xavf tuğdirmang.
Unutmang, favqulodda vaziyatlarning oldini oliş ularning oqibatlarini bartaraf etişdan köra osonroq va samaraliroqdir.
ÖZINGIZNI VA YAQINLARINGIZNI ASRANG!
BULUNĞUR TUMANI FAVQULODDA VAZIYATLAR BÖLIMI
