Bulung‘ur tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining aholiga murojaati
2026-10-10 09:10:00 / Yangiliklar

Hurmatli Bulung‘ur tuman aholisi va mehmonlari !
So‘nggi yillarda mamlakatimizda turli sohalarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilib kelinayotganligiga barchamiz guvoh bo‘lib turibmiz.
Muqaddam xabar berganimizdek joriy yilda Prezidentimizning “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora–tadbirlar to‘g‘risida”gi 2026-yilning 3-yanvardagi PQ-1 hamda PQ-2-son “xdfu” qarorlarini qabul qilinishi mamlakatimizni jinoyatdan holi hududga aylantirishga qaratilgan muhim hujjatlar hisoblanadi.
Darhaqiqat, har qanday mamlakatning taraqqiyoti va yuksalish darajasi aholi osoyishtaligi va xavfsiz hayotini hamda jinoyat uchun jazo muqarrarligini ta’minlash samaradorligi bilan baholanadi.
Tumanimizda kriminogen vaziyatni yaxshilash va jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida muayyan ishlar amalga oshirilgan bo‘lsada, biroq jinoyatchilik yuqori ko‘rsatkichni saqlab qolmoqda.
Tumanimizda 2026 yilning 9 oyi davomida 317 ta jinoyat sodir qilinib, o‘tgan yilga nisbatan 81 ta yoki 34 foizga oshgan.
Jinoyatchilik tahlil qilinganida, axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar yil boshidan 100 tani tashkil qilib, o‘tgan 2025-yilning ushbu davriga nisbatan 84 taga oshib ketgan, aniqlanadigan jinoyatlar 98 tani tashkil qilib, o‘tgan yilning ushbu davriga nisbatan 3 ta yoki 3 foizga oshgan, oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar 119 tani tashkil qilib, o‘tgan yilning ushbu davriga nisbatan 6 ta yoki -5 foizga kamayishga erishilgan.
Jinoyatlar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak, o‘ta og‘ir jinoyat bo‘lgan, ya’ni qotillik 1 taga 100 foizga oshgan bo‘lib, shuningdek oilaviy zo‘ravonlik 4 taga ya’ni 200 foizga, transport vositasini olib qochish 1 taga ya’ni 100 foizga va o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohati yetkazish 2 taga 100 foizga oshgani barchamizni tashvishga solishi lozim.
Joriy yilning o‘tgan 9 oyida tumanimizdagi mahallalarning 28 tasida yoki 57 foizida jinoyatlar sodir etilishining oldi olingan bo‘lib, 21 tasi yoki 43 % foizida jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘yilgan.
Bundan tashqari joriy yilning sentyabr oyida jinoyatlarning 3 tasi axborot texnologiyalaridan foydalangan holda fuqarolarning plastik kartochkalaridagi pul mablag‘larini talon-toroj qilish jinoyatlarini tashkil etayotganligi jinoyatchilikka qarshi kurashishda jamoatchilik oldimizda jiddiy muammolar turganligidan dalolat beradi.
Axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanib, jinoyatchilar fuqarolarni aldash, ularning mulkini qo‘lga kiritish kabi jinoyatlarning yangi usullarini qo‘llamoqda.
Tabiiyki, ana shunday sharoitda huquq - tartibot organlari va fuqarolarning hamjihatligi, hamkorligi har qachongidan ham muhim ahamiyatga ega.
Tumanimiz axli barchalaringizdan mol-mulkimizga nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishlaringizni so‘rab qolar edim.
Muhtaram Prezidentimizni mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha PQ-1-sonli Qarori ijrosini ta’minlash, Siz azizlarni jinoyatlardan jabrlanib qolish ehtimolingizni oldini olish maqsadida tumanimizdagi kriminogen vaziyat yuzasidan mazkur murojaatimni yo‘llamoqdaman.
Aziz tumanimiz ahli !
Xalqimizning farovon, tinch va osoyishta hayot kechirishini ta’minlash, mamlakatimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, barcha prokuratura organlari xodimlarining oliy maqsadidir.
Ishonchim komilki, ushbu murojaatim Sizlarni befarq qoldirmaydi.
Bulung‘ur tuman Ichki ishlar bo‘limi va tumandagi barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlar bu borada Sizga hamisha eng yaqin ko‘makchi, huquqlaringiz, mol - mulkingiz himoyachisi bo‘lib qolaveradi.
O‘zingizni, oilangizni, mol-mulkingizni va yurtning kelajagini ehtiyot qiling
