Kildon mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi
2026-08-14 17:15:00 / Yangiliklar

Kildon mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi
Kildon mahallasidagi 2-sektor shtab binosida fuqarolarning murojaatlarini tinglash, ularni qiynab kelayotgan muammolarga amaliy yechim topish maqsadida sayyor qabuli o‘tkazildi.
Sayyor qabulda tuman hokimi S.Astonov hamda viloyat prokurorining o‘rinbosari U.Butunov ishtirok etib, mahalla aholisi bilan yuzma-yuz muloqot qildi.
Qabul davomida fuqarolarning bandlik, ijtimoiy himoya, uy-joy, yer va boshqa masalalarga oid murojaatlari tinglandi. Har bir murojaat bo‘yicha mas’ullar tomonidan zarur tushuntirishlar berilib, yechimi qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Murojaatlarning ijrosini ta’minlash, ularni belgilangan muddatlarda va qonuniy asosda hal etish masalalari alohida nazoratga olindi.
🤝 Fuqarolar murojaati — e’tibor va amaliy yechim markazida.









