Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
2026-08-14 19:45:00 / Yangiliklar

💡Yoshlar bilan muntazam muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning fikr va takliflarini o‘rganish hamda turli sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud imkoniyatlar yuzasidan ma’lumot berish maqsadida Samarqand viloyatida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
4 фотографии
Samarqand viloyati
▶️Tadbirda “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi boshlig‘i maslahatchisi Asadjon Xodjayev so‘zga chiqib, yoshlarning raqamli texnologiyalar va axborot sohasidagi bilimlarini rivojlantirish, amaldagi qonunchilikdan xabardorligini oshirish, zamonaviy kasblarni egallash hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga to‘xtaldi.
“Bugungi kunda yoshlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi, raqamli texnologiyalar va axborot sohasidagi imkoniyatlardan samarali foydalanishi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yaratilayotgan sharoitlardan unumli foydalanish, zamonaviy kasblarni o‘zlashtirish hamda yangi g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish yoshlarning kasbiy rivojlanishiga xizmat qiladi. Bunday uchrashuvlar esa yoshlarning fikr va takliflarini tinglash, o‘zaro tajriba almashish hamda ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr almashish uchun samarali muloqot maydoni bo‘lib xizmat qiladi”, — dedi Asadjon Xodjayev.
6 фотографий
Samarqand viloyati
👉 Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan bildirilgan fikr va takliflar tinglanib, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Muloqot o‘zaro fikr almashish va yoshlar bilan samarali hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratildi.
⚡️Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yoshlar ishtirokida daraxt ekish tadbiri tashkil etilib, hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga hissa qo‘shildi.









