Bulung‘ur tuman prokurorining aholiga murojaati
2026-05-13 10:25:00 / Yangiliklar

Bulung‘ur tuman prokurorining
aholiga murojaati
So‘nggi yillarda mamlakatimizda turli sohalarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilib kelinayotganligiga barchamiz guvoh bo‘lib turibmiz.
Muqaddam xabar berganimizdek joriy yilda Prezidentimizning “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora–tadbirlar to‘g‘risida”gi 2026-yilning
3-yanvardagi PQ-1 hamda PQ-2-son “xdfu” qarorlarini qabul qilinishi mamlakatimizni jinoyatdan holi hududga aylantirishga qaratilgan muhim hujjatlar hisoblanadi.
Darhaqiqat, har qanday mamlakatning taraqqiyoti va yuksalish darajasi aholi osoyishtaligi va xavfsiz hayotini hamda jinoyat uchun jazo muqarrarligini ta’minlash samaradorligi bilan baholanadi.
Tumanimizda kriminogen vaziyatni yaxshilash va jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida muayyan ishlar amalga oshirilgan bo‘lsada, biroq jinoyatchilik yuqori ko‘rsatkichni saqlab qolmoqda.
Afsuski, tumanimizda 2026 yilning
4 oyida 163 ta jinoyat sodir qilinib, o‘tgan yilga nisbatan 10 ta yoki 6,5 foizga oshishiga yo‘l qo‘yildi.
Jinoyatchilik tahlil qilinganida, oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar 1 taga 1,9 foizga oshgan, o‘ta og‘ir jinoyatlar 1 taga 50 foizga, shundan oilaviy zo‘ravonlik 5 taga ya’ni 400 foizga, bezorilik 1 taga ya’ni 100 foizga, yo‘l trans xodisasi 8 taga ya’ni 100 foizga oshgani barchamizni tashvishga solishi lozim.
Joriy yilning o‘tgan 4 oyida tumanimizdagi mahallalarning 23 tasida yoki 47,0 % foizida jinoyatlar sodir etilishining oldi olingan bo‘lib, 20 tasi yoki 40,8 % foizida mahallada oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘yilgan.
Shuni ta’kidlash lozimki, joriy yilning aprel oyida jami 50 ta jinoyatlar sodir qilinib, shundan 25 ta oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlarni tashkil qilgan, shu jumladan qasddan odam o‘ldirish, o‘rtacha og‘ir tan jaroxati yetkazish, oilaviy zo‘rovonlik va mexnatni muxofaza qilish jinoyatlari 1 tadan, qasddan badanga yengil tan jaroxati yetkazish 3 ta, yo‘l transport xodisasi bilan bog‘liq jinoyat 8 ta, o‘g‘rilik jinoyati 10 ta sodir qilingan.
Bundan tashqari joriy yilning mart oyida jinoyatlarning 18 tasi axborot texnologiyalaridan foydalangan holda fuqarolarning plastik kartochkalaridagi pul mablag‘larini talon-toroj qilish jinoyatlarini tashkil etayotganligi jinoyatchilikka qarshi kurashishda jamoatchilik oldimizda jiddiy muammolar turganligidan dalolat beradi.
Axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanib, jinoyatchilar fuqarolarni aldash, ularning mulkini qo‘lga kiritish kabi jinoyatlarning yangi usullarini qo‘llamoqda.
Tabiiyki, ana shunday sharoitda huquq-tartibot organlari va fuqarolarning hamjihatligi, hamkorligi har qachongidan ham muhim ahamiyatga ega.
Misol uchun fuqaro M.Berdiyarova tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda
2026 yilning 07 aprel kuni telegram ijtimoiy tarmoqdagi o‘zi Abdullox Azizxonov deb tanishtirgan shaxs, unga pullarini ko‘paytirib berishini aytganligi uchun unga
5 mln. so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari o‘tazib berib aldanib qolganligini ma’lum qilib, qonuniy chora ko‘rishni so‘rab murojaat qilgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limiga tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Afsuski tumanda o‘g‘rilik jinoyatini
sodir qilinib kelishi bu borada fuqarolarimizning o‘z mul-mulkiga beparvo munosabatda bo‘lishi oqibatida 6 ta o‘g‘rilik jinoyatlarini sodir etilishiga sabab bo‘lmoqda.
Shu bois barchalaringizdan mol- mulkimizga nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishlaringizni so‘rab qolar edim.
Muhtaram Prezidentimizning mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha PQ-1-sonli Qarori ijrosini ta’minlash, Siz azizlarni jinoyatlardan jabrlanib qolish ehtimolingizni oldini olish maqsadida tumanimizdagi kriminogen vaziyat yuzasidan mazkur murojaatimni yo‘llamoqdaman.
Aziz tumanimiz ahli !
Xalqimizning farovon, tinch va osoyishta hayot kechirishini ta’minlash, mamlakatimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, barcha prokuratura organlari xodimlarining oliy maqsadidir.
Ishonchim komilki, ushbu murojaatim Sizlarni befarq qoldirmaydi.
Bulung‘ur tuman prokuraturasi va tumandagi barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlar bu borada Sizga hamisha eng yaqin ko‘makchi, huquqlaringiz, mol-mulkingiz himoyachisi bo‘lib qolaveradi.
O‘zingizni, oilangizni va yurtning kelajagini ehtiyot qiling
