Suyultirilgan gaz iste’molchilariga yangi tartib ya’ni FaceID karta orqali tarqatilishi holati
2026-03-19 16:10:00 / Matbuot anjumanlari

“Bulung’ur hayoti” gazetasi tahririyatida navbatdagi matbuot anjumani o’tkazildi
Unda aholiga suyultirilgan gaz iste’molchilariga yangi tartib ya’ni FaceID karta orqali tarqatilishi, bunda har bir suyultirilgan gaz iste’molchilari pasport ma’lumotlari va har bir fuqaro yuz qismi foto suratga olinib, SUG mahsulotini tarqatilishi tо‘g‘risida gapirilib o’tildi.
Mavzu yuzasidan “Bulung‘urtumangaz” gaz ta’minoti bо‘lim boshlig‘i Atoxon Xabibxonov hamda SUG xizmati boshlig‘i G‘ayratjon Isroilovlar tomonidan ma’lumot berildi.
Tadbir so‘ngida ommaviy axborot vositalari vakillari mavzu va soha yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdilar.


