Investitsiya samaradorligi bo‘yicha TOP-35 hokimlar ro‘yxati e’lon qilindi
2026-05-04 18:05:00 / Yangiliklar

Investitsiya samaradorligi bo‘yicha TOP-35 hokimlar ro‘yxati e’lon qilindi
“Yuksalish” harakati tomonidan tuman va shahar hokimlarining investitsiya samaradorligi bo‘yicha ilk reytingi ishlab chiqildi.
Mazkur reyting hududlarda olib borilayotgan investitsiya faoliyatini chuqur tahlil qilish asosida shakllantirilib, quyidagi muhim mezonlarni qamrab oldi:
— xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish
— investitsiya loyihalarining ishga tushirilish darajasi
— xalqaro hamkorlik geografiyasi
— iqtisodiy diversifikatsiya ko‘rsatkichlari
❗️ E’tiborlisi, ushbu nufuzli TOP-35 ro‘yxatidan Bulung‘ur tumani hokimi ham munosib o‘rin egalladi.
📊 Bu natija tumanda investitsiyalarni jalb qilish, yangi loyihalarni amalga oshirish hamda hudud iqtisodiyotini rivojlantirish borasida olib borilayotgan tizimli ishlarning amaliy ifodasidir.
✔️ Kelgusida ham ushbu yo‘nalishdagi ishlar izchil davom ettirilib, yangi investitsiya loyihalarini hayotga tatbiq etish orqali aholi farovonligini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.
