Bo‘zatov tumani 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 5-sinf o‘quvchilari uchun "Jasorat sinfi" tashkil etilganligi munosabati bilan 2025/2026-o‘quv yili uchun qabul boshlanganligini ma’lum qilamiz.
2025-06-02 17:05:00 / Yangiliklar

Bo‘zatov tumani 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 5-sinf o‘quvchilari uchun "Jasorat sinfi" tashkil etilganligi munosabati bilan 2025/2026-o‘quv yili uchun qabul boshlanganligini ma’lum qilamiz.
⚡️⚡️⚡️Bo‘zatov tumani "Jasorat maktabi"ga 2025/2026-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan - 20-iyungacha ONLAYN tarzda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
Qanday hujjatlar talab etiladi?
👉 Talabgorning:
➖ tug‘ilganlik haqida guvohnomasi;
➖ o‘quvchilarning o‘quv yili natijasiga ko‘ra baholar jadvalining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
➖ fotosurat (oxirgi 2 oyda olingan);
➖ ota-onasining pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari;
➖ 086-U shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;
➖psixonevrologik, silga qarshi va teri-tanosil kasalliklari dispanserlaridan, elektrokardiografiya tekshiruvi (EKG) bo‘yicha tibbiy ma’lumotnomalar;
➖o‘qish muddati yetti yildan (5-11-sinflar) iborat bo‘ladi;
➖ har yili 4-sinfni bitirgan 26 nafar o‘quvchi 5-sinfga tanlov asosida qabul qilinadi;
👉 "Jasorat maktablari"ga kirish imtihonlari qanday tartibda o‘tkaziladi?
➖ o‘qishga kirish uchun imtihonlar ikki bosqichda (test hamda jismoniy tarbiya) amalga oshiriladi;
➖ test sinovlari o‘tkaziladigan fanlar bo‘yicha topshiriqlar va baholash qoidalari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan har yili imtihon boshlanishidan bir oy oldin e’lon qilinadi;
➖ test sinovlari ona tili va matematika fanlaridan tashkil etiladi;
👉 "Jasorat sinflari"da ta’lim yo‘nalishlari qanday olib boriladi?
➖ matematika, CHQBT, tarix, jismoniy tarbiya, chet tili, fizika fanlari chuqurlashtirilgan holda o‘qitiladi;
➖ o‘quv yili davomida ikki marta harbiy poligonlarda, har chorakda bir marta harbiy qismlarda amaliy mashg‘ulotlar olib boriladi;
👉 "Jasorat maktablari"ni bitirgan o‘quvchilarga qanday imtiyozlar bor?
➖ a’lo baholar bilan tamomlagan hamda "Vatan tayanchi" otryadining a’zosi bo‘lgan bir o‘quvchiga Mudofaa vazirligi tomonidan oliy harbiy va harbiylashtirilgan hamda yuridik ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanoma beriladi.
Bog‘lanish uchun tel:
+998997554302, +998996805482
Kanalǵa aǵza bolıw:https://t.me/bozataw_uz
