#Ochiq_muloqot
2026-06-09 11:45:00 / Yangiliklar

#Ochiq_muloqot
Bo‘zatov tumanida yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida
Bo‘zatov tumanida yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
Bo‘zatov tumani Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i N.To‘remuratov bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot davomida yoshlarni band qilish, ularni tadbirkorlikka jalb etish hamda biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar haqida suhbatlashdik.
Savol: Tumanda yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qanday imkoniyatlar yaratilmoqda?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 14 fevraldagi PQ-60 va PQ-61-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, PQ-61-sonli qaror asosida “Kelajakka birinchi qadam” loyihasi doirasida 5 nafar yoshga jami 77 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi.
Savol: PQ-60-sonli qaror doirasida qanday natijalarga erishildi?
Javob: Mazkur qaror asosida 6 nafar yoshning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi va kengaytirishi uchun jami 520 million so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratildi. Natijada 11 nafar yoshning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash uchun jami 597 million so‘mlik moliyaviy yordam ko‘rsatildi.
Savol: Bu kabi loyihalardan ko‘zlangan asosiy maqsad nima?
Javob: Asosiy maqsad - yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, daromad manbalarini yaratish hamda yoshlar orasida biznes ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat. Shu orqali tumanda yoshlar tadbirkorligi yanada rivojlanib bormoqda,-deydi N.To‘remuratov.

