“Yoshlar kuni” munosabati bilan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-06-12 10:30:00 / Yangiliklar

“Yoshlar kuni” munosabati bilan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
“Yoshlar kuni” munosabati bilan Bo‘zatov tumani hokimi B.Ubbiniyazov, Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i P.Maxsetbayev, tuman prokurori J.Ashirbayev hamda tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i U.Kurbanbaevalar ishtirokida tadbirkorlikka qiziqishi bor va ishsiz yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikga keng jalb etish, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan ochiq muloqot olib borildi. Mutasaddilar tomonidan murojaatlarning har biri atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
Tadbir yakunida yoshlarning tadbirkorlik va kasb-hunar faoliyatiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularning bandligini ta’minlash hamda hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish borasidagi ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.






