"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning yengil atletika turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi
2026-06-09 17:30:00 / Yangiliklar
"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning yengil atletika turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning yengil atletika turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi
Bo‘zatov tumanida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida "Bo‘zatov" ShFY va "Aspantay" OFY yoshlari o‘rtasida sportning yengil atletika turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Musobaqada yoshlar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi va sport mahoratini namoyon etib, g‘oliblik uchun qizg‘in bahs olib bordilar.
Mazkur musobaqa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish hamda iqtidorli sportchilarni aniqlashga xizmat qildi.
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan va yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan yoshlar munosib taqdirlandi.





