#So‘nggi_qo‘ng‘iroq
2026-05-25 18:05:00 / Yangiliklar

#So‘nggi_qo‘ng‘iroq
Bugun Bo‘zatov tumani ixtisoslashtirilgan maktabida "So‘nggi qo‘ng‘iroq" bayram kechasi ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimi B.Ubbiniyazov ishtirok etib, bitiruvchi yoshlarni ushbu unutilmas kun bilan samimiy tabrikladi.
Tadbir davomida o‘quvchi yoshlarga Prezidentimizning bitiruvchi o‘g‘il-qizlarga maxsus bayram tilaklari o‘qib eshittirildi. Shuningdek, boshqa so‘zga chiqqanlar yosh avlodga kelgusi o‘qishlarida va hayot yo‘lida muvaffaqiyatlar tilab, ularga o‘z maqsadlariga erishish yo‘lida ishonch bildirdi.
Tadbirda o‘zining bilimi, iqtidori va namunali xulqi bilan tengdoshlari orasida ajralib turgan o‘quvchilarning ota-onalariga va bir qator o‘qituvchilarga minnatdorchilik bildirildi. Bu - mehnat bilan izlanishning yuksak bahosi bo‘ldi.
Bayram kechasida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.









