#Sayyor_qabul
2026-05-22 18:20:00 / Yangiliklar

#Sayyor_qabul
Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining maslahatchisi P.Dabilov tomonidan Bo‘zatov tumani Yoshlar markazi binosida tuman aholisining muammolarini o‘rganish va ularga ijobiy yechim topish maqsadida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Bo‘lib o‘tgan qabulda Bo‘zatov tumani hokimining o‘rinbosari J.Xabibullaev, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi barcha vazirliklar vakillari, tuman hududidagi muassasa tashkilot rahbarlari hamda tuman aholisi ishtirok etdi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan bank krediti, bandlik, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi, tibbiy yordam, oqova suv masalasi va boshqa o‘zlarini qiynab kelayotgan hayotiy muammolar bilan bog‘liq murojaatlar kelib tushdi.
Bunda har bir muammoning kelib chiqish sabablari tegishli tartibda o‘rganib chiqildi va bir qator fuqarolarning murojaatlari shu joyning o‘zida ijobiy yechim topdi. Hal etilishi vaqt talab etadigan murojaatlar atroflicha tahlil qilinib, nazoratga olindi.









